Ontologiyaga asoslangan o'zbek ⇄ turk frazeologik tarjimon
Bu oddiy tarjimon emas. Matndagi iboralar OWL ontologiyasidagi semantik bilimlar orqali aniqlanadi va ekspert tasdiqlagan ekvivalentlar bilan o'giriladi. Ibora atrofidagi oddiy so'zlar lokal AI model bilan tarjima qilinadi.
Frazeologiya nima?
Frazeologizm — ma'nosi tarkibidagi so'zlar yig'indisidan kelib chiqmaydigan barqaror ibora (masalan og'zi qulog'ida — «nihoyatda xursand»). Shuning uchun ularni so'zma-so'z tarjima qilib bo'lmaydi — har bir iboraning boshqa tildagi ekvivalenti alohida bilim sifatida saqlanishi kerak. Aynan shu vazifani ontologiya bajaradi.
Tizim qanday ishlaydi
Ontologiya (bilimlar bazasi)
Har bir ibora OWL/RDF ontologiyasida saqlanadi: komponent lemmalar, tayanch so'z, semantik/struktur/uslubiy/tematik kategoriyalar va variant shakllar.
Tarjima bog'lanishlari
Iboralar vartrans uslubidagi bog'lanishlar orqali ekvivalentlariga ulanadi: E1 — to'liq ekvivalent, E2–E3 — qisman ekvivalent, hamda lakunalar (ekvivalenti yo'q iboralar).
NLP yadro
Gap segmentatsiyasi, agglutinativ stemming (affiks-stripping) va tayanch-lemma indeksli naqsh qidiruv — turlangan va «uzilgan» iboralarni ham topadi (masalan xotiridan butunlay chiqib ketdi).
So'z tarjimasi (AI)
Ibora atrofidagi oddiy so'zlar lokal NLLB-200 modeli (CPU) bilan tarjima qilinadi; ekvivalent esa gap zamoni va shaxsiga moslab tuslanadi.
Natija: frazeologizm kartochkalari
Har bir aniqlangan ibora uchun kartochka ko'rsatiladi: ibora, ma'nosi, ekvivalenti, bog'lanish turi va kategoriyalar. Manba matnda iboralar belgilanadi, ekvivalent esa tarjimada yoritiladi. Iborani multfilm animatsiyasi orqali ham tushuntirish mumkin.

